Tariflar

Naming

Marketing va psixologiya qonuniyatlariga asoslangan, jarangdor va kuchli nom yaratish.

20 800 000 so‘m dan boshlab

Ish boshlashga 50% to’lov

  • Nomni patentlash imkoniyatini baholash
  • Bozor, raqobatchilar va maqsadli auditoriyani tahlil qilish.
  • Nomning faoliyatga va auditoriyasiga mosligini tahlil qilish.
  • Xotirada qolish xususiyati
  • Domen (.uz, .com) bandligini tekshirish
  • Ijtimoiy tarmoqlardagi username bo’shligini tekshirish
  • Nomning g'oyasi va afzalliklari tushuntirilgan taqdimot
Jamoa tarkibi
3 kishi: Neymer-1; Yurist-1, Menejer-1
Ishlash muddati
7-14 ish kunida
Bepul konsultatsiya
Top

Nom + Patent

Maksimal xavfsizlik va kelajak uchun poydevor. Nom nafaqat chiroyli, balki yuridik jihatdan "toza" va o'sishga tayyor bo'ladi.

22 200 000 so‘m dan boshlab

Ish boshlashga 50% to’lov

  • Nomni patentlash imkoniyatini baholash
  • Bozor, raqobatchilar va maqsadli auditoriyani tahlil qilish.
  • Nomning faoliyatga va auditoriyasiga mosligini tahlil qilish.
  • Xotirada qolish xususiyati
  • Domen (.uz, .com) bandligini tekshirish
  • Ijtimoiy tarmoqlardagi username bo’shligini tekshirish
  • O’z yo‘nalishiga mos klassifikatsiyalar bo’yicha patentlash
Jamoa tarkibi
3 kishi: Neymer-1; Yurist-1, Menejer-1
Ishlash muddati
7-14 ish kunida
Bepul konsultatsiya

Davlat ro'yxatidan o'tkazish (Patentlash)

3 900 000 so‘m dan boshlab

Ish boshlashga 100% to’lov

  • Intellektual mulk agentligi bazasidan tekshirish
  • Faoliyat turiga mos sinflarni to'g'ri tanlash
  • Talabnoma tayyorlash va topshirish
  • Davlat ekspertizasi davomida yozishmalar olib borish
Jamoa tarkibi
2 kishi: Yurist-1, Menejer-1
Ishlash muddati
7 oyda
Bepul konsultatsiya

O‘zingizga moslab narxni hisoblang →

Savol-javoblar

1. Nom uchun pul sarflashim shartmi? O‘zim o‘ylab topsam bo‘lmaydimi?

Albatta, o‘zingiz ham topishingiz mumkin. Lekin biz shunchaki "chiroyli so‘z" o‘ylab topmaymiz. Siz topgan nom huquqiy tomondan band bo‘lishi, domenlari olingan bo‘lishi yoki boshqa tilda salbiy ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Biz esa nomni 10 bosqichli "sifat laboratoriyasi"dan (fonosemantika, yuridik tozalik, faoliyatga moslik, raqamli ochiqlik (domen, SEO va h.k.) o‘tkazib topamiz.

2. Agar nom patentdan o‘tmay qolsa, qayta pul to‘laymanmi?

Yo‘q, to‘lamaysiz. Agar Adliya vazirligi biz "o‘tish ehtimoli yuqori" deb tavsiya qilgan nomni aynan o‘xshash nom borligi sababli rad etsa — bu bizning javobgarligimiz hisoblanadi. Bu holatda, NomLab sizga bepul yangi nom variantlarini ishlab chiqish kafolatini oladi.

3. Nom patent ololmasa, logo uchun qayta pul to‘laymanmi?

Yo‘q, to‘lamaysiz. Agar "mohiyat bo'yicha ekspertiza" nomni rad etsa, biz nafaqat yangi nomni, balki unga mos yangi logotipni ham 100% bepul qaytadan tayyorlab beramiz.

O‘zbekistonda rasmiy patentlash jarayoni o‘rtacha 7 oy davom etadi. Biznes va marketing esa bunday uzoq vaqt kuta olmasligini juda yaxshi tushunamiz. Shuning uchun, tanlangan nom dastlabki tekshiruvimizdan o‘tgan zahoti, dizayn jarayonini boshlaymiz.

4. Nomni patentlab berasizlarmi?

Ha, to‘liq amalga oshirib beramiz. Biz nafaqat nomning patentga layoqatliligini chuqur tekshiramiz, balki uni qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazishni ham to‘liq o‘z zimmamizga olamiz. NomLab qoshida tajribali intellektual mulk yurist-advokati faoliyat yuritadi. Barcha yuridik bosqichlar mutaxassisimiz tomonidan a'lo darajada, "kaliti bilan" tayyorlab beriladi.

5. Sizlar logotip va brending ham qilib berasizmi?

Ha, bizning asosiy ixtisosligimiz Naming bo‘lsa-da, nomning vizual ifodasi logoda mukammal aks etishi uchun sinovdan o‘tgan professional hamkor agentlik bilan birgalikda ishlaymiz.

Eng muhimi — logotip yaratish jarayoni NomLab nazorati ostida o‘tadi. Bu degani — dizayn shunchaki chiroyli rasm bo‘lib qolmaydi, balki biz topgan nomning xarakteri, strategiyasi va ma’nosini to‘liq ochib beruvchi vizual yechimga ega bo‘lasiz.

6. Patentdan o‘tish ehtimolini necha foiz va qayerdan tekshirasiz?

Biz nomlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va WIPO (Butunjahon intellektual Mulk Tashkiloti)ning xalqaro ma’lumotlar bazalari orqali chuqur tekshiramiz.

Kafolat masalasida haqiqat shuki, dunyoda hech bir agentlik (yuristlar ham) 100% kafolat bera olmaydi, chunki oxirgi qarorni (inson omili) davlat eksperti qabul qiladi. Lekin bizning tekshiruvimiz asosida nomning o‘tish ehtimolini 51% dan 80% gacha deb baholaymiz.

7. Menga nechta variant taqdim etiladi?

Variantlar soni yetarlicha bo'ladi, taqdmotda: 4-5 Silver, 3-4 Gold, 1 ta Final yechim. Siz uchun tanlangan eng munosib nom bo'ladi

Mabodo final nom ko‘nglingizga yaqin kelmasa (bu juda kamdan-kam holat), Gold va Silver variantlar ichidan tanlash mumkin.

Nima uchun variant kam? Bizning ichki jarayonimizda 100 dan 200 gacha nom kombinatsiyalarni ko‘rib chiqamiz. Biroq, ularning 95 foizi bizning "10 ta Oltin Kriteriya" (patent, domen, fonosemantika, brendlanuvchanlik va h.k.) filtridan o‘ta olmaydi.

O‘zingizga qulay bo‘lgan uchrashuv vaqtini yozib yuboring, biz sizga aloqaga chiqamiz.

Vaqtni belgilash